Dorini izlash

Ishonch telefoni

(0572) 222-33-08 (0572) 222-45-04

“Yangi yil” tabrigi


Qadrli do’stlar!
Aziz hamkasblar!

Shu kunlarda har birimiz 2016 yil bilan xayrlashib, ezgu qadamlar bilan kirib kelayotgan 2017 yilni ko’tarinki kayfiyat va yaxshi niyatlar bilan qarshi olmoqdamiz. Qutlug’ ayyom – Yangi yil bayrami bilan chin qalbimizdandan samimiy tabriklaymiz.
Yakuniga etayotgan yil jamiyatimiz uchun nihoyatda omadli kelganini, uning zamirida barcha soha vakillarining ulkan xizmatlari mujassamligini mamnuniyat bilan e’tirof etmoqchimiz.
Ma’lumki, 1997 yildan boshlab, har bir kirib kelayotgan yilga nom berish asosida, xalqimiz hayoti uchun muhim bo’lgan ijtimoiy yo’nalishda ezgu ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Quvonarlisi, ulkan korxonamizda  2016 – “Sog’lom ona va bola yili”  davlat dasturi doirasida belgilangan tadbirlar bajarildi.
Davlatimiz  Rahbarining taklifi bilan xalqimiz orzu-intilishlari hisobga olingan holda, 2017 yilga ” Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili “, deb nom berilishi mamlakatimizda xalqimizga bo’lgan e’tiborning namunasidir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni yana bir bor kirib kelayotgan Yangi – 2017 yil bilan muborakbod etamiz.  Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar  tilaymiz.

Yangi yil muborak bo’lsin!

Kalendar

Oktabr 2020
Se Ch Pa Ju Sh Ya Du
« May    
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

So'rovnoma

Saytimizning yangi talqinini qanday baholaysiz?

View Results

Loading ... Loading ...

Fuqorolar murojaatlari

Jami murojaatlar: 36
Javob berilgan: 10
Ko'rib chiqilmoqda: 26
Rad etilgan: 0